12:11 / 25.05.2020
54233

Parkent tumaniga kirish va chiqish cheklandi

Tuman hududini xavfli infeksiyadan batamom tozalashda hokimlik, SEOM, IIB, harbiylar va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan ishlar amalga oshirilayotgani aytildi. 

Koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi chora sifatida Parkent tumaniga kirish va chiqish cheklandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bugungi kungacha tuman hududini xavfli infeksiyadan batamom tozalashda tuman hokimligi, SEOM, IIB, harbiylar va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan ishlar amalga oshirilmoqda. 

“Bunda karantin qoidalariga qat'iy amal qilgan holda faoliyatni davom ettirish o‘ta muhimdir. Tuman markaziga olib kiradigan ko‘chalarda ortiqcha avtomobil harakatini cheklash va aholini maqsadsiz ko‘chaga chiqishini oldi olinmoqda”, - deyiladi ma'lumotda. 

Bildirilishicha, bu ishlarni tashkil etishda tumanda bo‘lib turgan harbiylarning xizmatlari katta. Parkent tumani hokimi Nig‘mat Muhammedov tomonidan blok-postlarda xizmat o‘tayotgan harbiylar rag‘batlantirildi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top