00:37 / 15.09.2018
77804
Andijon shahar hokimligi bosh mutaxassisi 16 ming AQSh dollari miqdorida pora olayotib qo‘lga tushdi

Davlat Xavfsizlik Xizmati Andijon viloyati Boshqarmasi va viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, Andijon shahar hokimligining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi To‘xtamurod Qodirov firibgarlik qilib, tadbirkordan pul olayotgan paytida qo‘lga olindi. Bu haqda “O’zbekiston 24” kanali xabar bermoqda.

Ma'sul shaxs, Andijon shahrida joylashgan "Jahon bozori" savdo kompleksi hududidagi bo‘sh turgan 60 kv.metr yer maydonidan foydalanish bo‘yicha Andijon shahar hokimining farmoyishi chiqqani, kelgusida mazkur yer maydonini tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun ajratib berish va kerakli hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga mahalliy tadbirkordan 17500 AQSh dollari talab qilib, shundan 16000 AQSh dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tergovoldi jarayoni va surishtiruvlarda To‘xtamurod Qodirov bunday ishlarga oldin ham qo‘l urganligi aniqlandi. U ulgurji savdo bilan shug‘ullanish uchun litsenziya berish evaziga boshqa bir tadbirkordan ham 300 AQSh dollar miqdorida pul olgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168, 211 va 214-moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top