O‘zbekiston | 18:27 / 20.07.2019
72957
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston doimiy aholisi soni to‘g‘risida ma'lumot berildi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2019 yil 1 iyul holatiga 33,5 mln kishini tashkil etib, 2019 yil boshidan 268,1 ming kishiga yoki 0,8 %ga o‘sdi. 

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, shahar aholisi soni 16,9 mln kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,5 %), qishloq aholisi soni 16,5 mln kishini (49,5 %) tashkil etdi.

Respublika hududlari kesimida tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2019 yil 1 iyul holatiga eng ko‘p aholi soni Samarqand viloyati (respublika aholisi sonidagi ulushi 11%), Farg‘ona viloyati (11,1%), Qashqadaryo viloyati (9,7%) va Andijon viloyatida (9,2%) qayd etilgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2019 yil 1 iyul holatiga aholi sonining 30,5 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 59,3 foizi mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10,2 foizi kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. 

Mavzuga oid