Jahon | 21:32 / 14.03.2023
15846
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada samarqandliklar 44 kg isiriq bilan ushlandi 

Isiriq Rossiyada giyohvandlik moddasi hisoblanadi. 

Foto: domodedovo.customs.gov.ru

Rossiya poytaxti Moskva shahri Domodedovo aeroportining bojxonachilari Samarqanddan kelgan 3 nafar yo‘lovchining bagajida 44 kg quruq isiriq borligini aniqladi. 

Qayd qilinishicha, O‘zbekiston fuqarolari qoplarga solingan, quritilgan, sariq-yashil o‘simlikni xalqaro qabul qilish zalining «yashil» yo‘lagidan olib o‘tishga uringan.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, o‘t tarkibida Rossiyada muomalasi cheklangan giyohvandlik moddasi bo‘lgan «garmin» (isiriq) borligi aniqlangan. 

Xabarga ko‘ra, har bir yo‘lovchining harakatlarida Rossiya Jinoyat kodeksining 229.1-moddasi (Giyohvand moddalarni YeOII bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib o‘tish) bo‘yicha jinoyat belgilari mavjud.  

Ushbu moddaning sanksiyasi bir million rublgacha jarima bilan 3 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni nazarda tutadi. 

Mavzuga oid