8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

15:07 / 16.11.2018 11747

Ona nidosi: «Qizimning yuragi to‘satdan to‘xtab qolishidan qo‘rqib yashayapman»

Hayot har doim ham bir tekisda davom etmas ekan. Inson boshiga musibat tushganida, u yaqin insonlari, do‘stlari hamda yaxshilar ko‘magiga ehtiyoj sezadi. Insonlarning bir-biriga yordam berishi esa odamiylikning eng oliy namunasidir.

Hayotning ana shunday shafqatsiz musibatiga uchragan yurtdoshlarimizdan biri, hozirda Yangiyo‘l tumani, A. Ortiqov xo‘jaligi, «Nov» mahallasi, Oybek ko‘chasi, 156-uyda yashab kelayotgan Bahodir Urmanov xonadonidan KUN.UZ tahririyatiga murojaat kelib tushdi. Vaziyatni o‘rganish maqsadida Yangiyo‘l tumaniga bordik.

Ma'lum bo‘lishicha, shifokorlar Bahodir akaning 2011 yilda tug‘ilgan qizi Regina Abduvohidovaga yurak kengayishining og‘ir shakli, tez avj olish varianti, dilyatatsion kadiomiopatiya tashxisini qo‘yishgan. Reginaning onasi bilan suhbatlashdik.

- Sentyabr oyida qizim birdan nafas olishga qiynalib qoldi. Shifokorga olib borganimizda, ular shamollash o‘pkasiga o‘tib ketganligini aytishdi. Yuzi va oyog‘i shishib ketdi. Shundan so‘ng shifokorlar tekshirib, yuragi kengayib ketganligini, jigari shishib, buyragi yaxshi ishlamayotganligini aytishdi. Hozir yuragi kengayib ketgan. Istalgan vaqt yurak urishdan to‘xtab qolishi mumkin. Hindistonlik shifokorlarga ko‘rsatganimizda yuragini almashtirish kerakligini aytishgandi. Lekin qizim hali yosh bo‘lganligi sababli bu operatsiyani ko‘tara olmasligi mumkin ekan. Operatsiya o‘rniga implant qo‘ydirilsa, umid bor ekan. Lekin bu juda qimmat, bizning imkoniyatimiz yetmayapti, shuning uchun yordam so‘rashga majbur bo‘lyapmiz. Yaxshi insonlar ko‘magiga muhtojmiz, - dedi qizning onasi.

Video: Tas-IX

Video: YouTube

Haqiqatan ham shiringina qizaloq Reginaga yordam kerak. U bilan suhbatlashganimizda, kelajakda yaxshi shifokor bo‘lmoqchiligini hamda insonlarni davolamoqchiligini aytdi. Otasi ustachilik bilan shug‘ullanib, ro‘zg‘or tebratadi. Lekin hozir qizining xastaligi sabab ishlashga ham vaqt topa olmayapti. Onasi oddiy uy bekasi. Qizaloqqa ertaroq implant qo‘yish kerak. Bunga esa katta  miqdorda pul ketadi. Oila bor kuchi bilan bilan harakat qilmoqda. Lekin bu pulni yolg‘iz o‘zlari yig‘a olishmaydi. Biz ko‘pchilikmiz. Qo‘limizdan kelgunicha, imkoniyatimiz yetkunicha ham moddiy, ham ma'naviy ko‘mak berib, Reginaning darddan forig‘ bo‘lishiga o‘z hissamizni qo‘shaylik.

Abduvohidova Regina (bemor)
Baxodir Urmanov (otasi)
Tel: +998 93 701 49 85
VISA card: 4187 8200 0010 9593 (Agrobank)

Plastik card : 8600 0423 5883 4777 (Agrobank)
MFO: 00485
Filial nomi: ATB AGROBANK YaNGIYO‘L FILIALI
INN: 200470527
Naqd pul topshirganda: 23116000800000485001
Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazilganda: 23118000600000485001
Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 23120000200000485001

Muxbir : Raxmatillo Isroilov
Operator : Muhammadjon G‘aniyev

Top