22:07 / 31.03.2020
63974

Turkmanistonda «koronavirus» so‘zini tilga olish taqiqlandi

Turkmaniston hukumatining rasmiy ma'lumotiga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq birorta ham holat qayd etilmagan.

Foto: Igor SASIN / AFP

Turkmanistonda aholiga koronavirus va pandemiya to‘g‘risida gaplashish, jurnalistlarga esa «koronavirus» so‘zini ishlatish taqiqlandi. Bu haqda Chegarasiz muxbirlar (RSF) xalqaro tashkiloti xabar bermoqda.

Tashkilotning ma'lumot berishicha, hattoki mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan maktab, kasalxona va korxonalarga tarqatilgan broshyuralarda ham kasallik nomini yozish taqiqlandi.

Qayd etilishicha, odamlar oldida niqob taqish va bu kasallik to‘g‘risida suhbatlashish qamoqqa olinishga sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu tartib bajarilishini nazorat qilish uchun militsiya xodimlari ko‘chada oddiy fuqaro kiyimida yuradi.

Turkmaniston hukumatining rasmiy ma'lumotiga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq birorta ham holat qayd etilmagan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top