19:24 / 19.01.2021
4537
Energetika vaziri: 10 kun ichida aholiga 2318,7 mln kilovatt-soat elektr energiyasi yetkazib beriladi

19 yanvar kuni AOKAda sovuq kunlarda aholini gaz, elektr energiyasi va ko‘mir bilan ta'minlashda kuzatilayotgan muammolar mavzusida energetika vazirligi mutasaddilari ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Energetika vaziri Alisher Sultonov yanvar oyi oxirida O‘zbekistonda sovuq ob-havoning yangi to‘lqini noldan past haroratgacha tushishi kutilayotgani, bu esa aholida elektr energiyasi va gazga bo‘lgan talab oshishiga olib kelishini aytib o‘tgan.

«Shuni hisobga olgan holda 10 kun ichida respublika iste'molchilariga 2318,7 mln kilovatt-soat elektr energiyasi yetkazib berish rejalashtirilgan. Hozirgi kunda respublika viloyatlari bo‘yicha ko‘mir omborlarida jami 156 ming 635 tonna ko‘mir va briket zaxirasi mavjud», degan vazir.

Top