11:40 / 15.03.2019
74953

O‘zbekistonliklar Navro‘z munosabati bilan necha kun dam olishadi?

Navro‘z bayrami munosabati bilan bu yil haftasiga 5 kun ishlovchi o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam olishadi. 

Prezidentning 2018 yil 12 noyabrdagi PF-5574-sonli Farmoni bilan 2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar belgilanib, dam olish kunlari ko‘chirilgan edi.

Quyida bayram arafasidagi dam olish kunlari haqidagi ma'lumot keltiriladi.

Haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar (4 kun ketma-ket) dam olish kuni hisoblanadi:

21 mart – payshanba (Navro‘z bayrami);
22 mart – juma (qo‘shimcha dam olish kuni);
23 mart – shanba;
24 mart – yakshanba.

Haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:

21 mart – payshanba (Navro‘z bayrami);
22 mart – juma (qo‘shimcha dam olish kuni);
24 mart – yakshanba.

Haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlar 23 mart (shanba) kuni ishga chiqishlari lozim.

Top