22:20 / 16.05.2018
29264

Shavkat Mirziyoyev: «5 milliard dollarlik shartnomalarni imzoladik»

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan rafiqasi bilan 2018 yil 15 may kuni ilk rasmiy tashrif bilan Vashingtonga bordi. 

16 may kuni Oq uyda Shavkat Mirziyoyevni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi.

Shavkat Mirziyoyev taklif uchun minnatdorlik bildirib, AQSh O‘zbekistonni izchil qo‘llab-quvvatlab kelayotganini ta'kidladi. Prezidentning ma'lum qilishicha, tashrifning birinchi kunida 5 milliard dollarlik shartnomalar imzolangan.

«O‘tgan 1,5 yil ichida munosabatlarimizda tub burilish yasaldi. Amerikadan juda ko‘p yangi va yuqori texnologiyalarni xarid qilmoqdamiz. Bugun esa AQShning yetakchi kompaniyalari bilan taxminan 5 milliard dollar qiymatidagi shartnomalarni imzoladik. Bu - biz boshlagan yangi strategik hamkorlik davri hisoblanadi», dedi O‘zbekiston rahbari.

Bundan avvalroq prezident matbuot kotibi ushbu tashrif arafasida o‘tkazilgan brifing chog‘ida tashrif davomida 40dan ortiq hujjatlar qabul qilinishi, jumladan, umumiy qiymati 8,5 milliard dollarlik savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy bitimlar imzolanishi rejalashtirilganini ma'lum qildi.

Top