22:36 / 30.08.2022
28332

“Bu bizning millatga xos bo‘lmagan chidab bo‘lmas illat” - prezident ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka to‘xtaldi

Bugun, 30 avgust kuni poytaxtning Ko‘ksaroy qarorgohida an’anaga ko‘ra Mustaqillik bayrami arafasida faxriy unvonlarga loyiq ko‘rilganlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbir avvalida nutq so‘zlarkan, bugungi kunda muhokama bo‘layotgan mavzularga ham to‘xtaldi.

“Bugun xursandchilik kunlarda ko‘pchilik muhokama qilayotgan ayrim mavzular ko‘ngilni xira qiladi. Xotin-qizlarimizga, aziz ayollarimizga nisbatan ayrim zo‘ravonliklarni umuman qabul qilib bo‘lmaydi. Bu bizning millatga xos bo‘lmagan chidab bo‘lmas illat.

Bunga qo‘l urganlar ayol qiyofasida o‘z onasi siymosini eslasin. Oqila opa-singillarimiz bunday munosabatga loyiq emas!” – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Top