07:34 / 09.05.2015
2484

“Real” UYeFAning Yevropa klublari reytingida birinchi o‘rinni egalladi

Madridning “Real” jamoasi UYeFA tomonidan e'lon qilingan Yevropa jamoalari reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘ringa “Barselona”, uchinchi o‘ringa esa “Bavariya” jamoalari munosib ko‘rildi.
Bulardan tashqari, birinchi o‘nlikka "Chelsi", "Atletiko", "Benfika", "Shalke-04", "Portu", "Arsenal" i "Manchester Yunayted" jamoalari kirdi.
Reytingga Yevropaning 454 jamoasi kiritilgan.
Interfaks agentligida aytib o‘tilishicha, reytingda ko‘rsatilgan koeffitsiyentlar jamoalarning Chempionlar Ligasi va Yevropa Kubogidagi oxirgi besh yillik natijalariga ko‘ra aniqlanadi. Reyting qur'a tashlash jarayonida jamoalar nomi qaysi savatdan o‘rin olishini belgilab beradi.
Reyting klublar o‘rtasida UYeFA tomonidan o‘tkaziladigan har bir musobaqadan so‘ng yangilanadi.

Top