09:57 / 16.07.2015
1732

"Sanderlend" Lensning taqdimotini o‘tkazdi

Kiyevning "Dinamo" jamoasida 2 mavsum davomida to‘p surgan gollandiyalik yarim himoyachi Jyermeyn Lens Angliyaning "Sanderlend" jamoasining yangi a'zosi sifatida tanishtirildi.

Gollandiyalik mutaxassis Dik Advokat boshqaruvidagi "Sanderlend" ushbu 27 yoshli futbolchi bilan 4 yillik shartnoma imzolagan.

Transferning aniq qiymati ma'lum qilinmagan. Ba'zi OAVlarda Lens 12,5 mln yevro evaziga transfer qilingani aytilgan.
Ma'lumot uchun, Lens "Dinamo" safida o‘tkazilgan 49 o‘yinda 10ta gol urgan.

Top