23:37 / 14.08.2015
3053

Jyeb Bush AQSh maxsus xizmatlariga qiynoqlar qo‘llashga ruxsat berishni taklif qildi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Jyeb Bush saylovlarda g‘olib bo‘lsa, AQSh maxsus xizmatlariga yana qiynoqlar qo‘llashga ruxsat berishi mumkinligini aytdi. Bu haqda u Ayova shtatida respublikachilar oldidagi nutqida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Florida shtatining sobiq gubernatorining fikricha, mamlakat xavfsizligi uchun ma'lumotlarni olishda qo‘llanadigan bunday choralar o‘zini oqlaydi. Bundan tashqari, Bush o‘z akasi – Kichik Jorj Bush ma'muriyatining Iroq armiyasini tarqatib yuborish haqidagi qarorini tanqid qildi. Bushning aytishicha, uning akasi ham bu qarorni xato bo‘lgan deb hisoblamoqda.
Bush AQSh prezidenti Baraka Obamani “IShID” terrorchilik guruhiga qarshi tajovvuzkorroq siyosat olib borishga chaqirdi. Xususan, u bunda maxsus vazifalarni bajaruvchi qo‘shinlardan foydalanishni yoqlab chiqmoqda. Uning fikricha, Obama o‘z vaqtida Bog‘dod bilan Iroqda AQSh harbiy missiyasining uzaytirilishi bo‘yicha kelisha olmagani “IShID”ning kuchayishiga imkon bergan.

Top