21:15 / 28.05.2016
5073

Moskva janubida noma'lum shaxs odamlarni travmatik quroldan o‘qqa tutdi

Moskva janubida noma'lum shaxs yo‘lovchilarni travmatik quroldan o‘qqa tutdi. Noxush voqea oqibatida bir ayol jarohat oldi. Bu haqda "Zvezda" telekanaliga Moskva shahri ichki ishlar boshqarmasida ma'lum qilindi.

Ta'kidlanishicha, Tepliy ko‘chasidagi otishma haqidagi xabar politsiyaga soat 16:00 da tushgan. Guvohlardan birining aytishicha, noma'lum kimsa odamlarga travmatik quroldan o‘q uzgan. 

Jarohatlangan ayol politsiyaga da'vo arizasi bilan murojaat qilgan.

Voqea joyida politsiya xodimlari ishlamoqda. Ular noma'lum kimsani qidirmoqdalar.

Top