16:08 / 23.07.2016
7394

Myunxendagi otishmani sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxsning ismi ma'lum bo‘ldi

Foto: AP

Kuni kecha Myunxen shahrida sodir bo‘lgan otishmada gumon qilinayotgan shaxsning ismi ma'lum bo‘ldi. Spiegel nashrining xabar qilishicha, tartibsizliklarni yuzaga keltirgan jinoyatchining ismi - David S.

Nashr ma'lumot manbasini oshkor qilishni istamagan, u haqida ismidan boshqa yangi ma'lumot berilmagan. 

22 iyul kuni Myunxendagi savdo markazida sodir bo‘lgan otishma natijasida jami 9 kishi (va otishma sodir etgan shaxsning o‘zi) halok bo‘lgan. Bundan tashqari 21 nafar kishi shifoxonaga yotqizilgan, 13 kishi yengil jarohat olgan. 

Top