11:15 / 21.08.2016
15253

Nyu-Yorkda ingliz tilini bilmaydiganlar ham taksichilik qilishi mumkin bo‘ldi

Nyu-York shahrida kuchga kirgan yangi qonunga ko‘ra, ingliz tilini bilmagan holda ham shaharda taksichilik qilish mumkin bo‘ladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Qonun shahar meri Bill de Blazio tomonidan shu yilning aprelida imzolangandi va 19 avgust kunidan kuchga kirdi.

Endilikda, Nyu-Yorkda taksichilik qilish huquqini qo‘lga kiritish uchun o‘tkaziladigan testdan ingliz tili bo‘yicha sinov olib tashlangan.

Qonun loyihasi mualliflari fikricha, bu chora shaharda ishlashni istovchi taksistlar qarshisidagi to‘siqni olib tashlash uchun qo‘llandi.

Hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, megapolisdagi taksichilarning 4 foizigina AQShda tug‘ilgan. Bu kasb egalarining katta qismi kelib chiqishiga ko‘ra, bangladeshlik va pokistonlik hisoblanishadi.

Mavzuga oid
Top