21:14 / 01.10.2016
17247

Arnold Shvartsenegger Myunxenda politsiya tomonidan to‘xtatildi

Arnold Shvartsenegger Myunxen vokzalida politsiya tomonidan to‘xtatildi. Bu haqda Deutsche Welle teleradiokompaniyasiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. 

Ta'kidlanishicha, nemis politsiyasi zobiti vokzalda yo‘lovchilar ustiga qarab tez kelayotgan ikki velosipedchini ko‘rib qolgan. Politsiyachi erkaklarni to‘xtatib, ularga tanbeh bermoqchi bo‘lganda uning qarshisida mashhur aktyor va uning tansoqchisi turganini anglagan.

Shvartsenegger velosipedda tez yurgani uchun uzr so‘ragan va unga uzoq masofalarga yurish muammo tug‘dirishi sababli velosipedda yurishini tushuntirgan. Politsiyachi "Terminator" filmi yulduzi bilan selfiga tushgach, uni kechirib yuborgan.

Shvartsenegger esa voqea joyini velosipedini yonida g‘ildiratganicha piyoda tark etgan.

 

Mavzuga oid
Top