2016 yil 30 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining favqulodda va muxtor elchisini qabul qildi.
Suhbat chog‘ida BMT Bosh Assambleyasining Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan 71-sessiyasi ishida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining ishtiroki doirasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-AQSh uchrashuvlarining yakunlari hamda ikki tomon kun tartibidagi boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.