11:03 / 15.11.2016
12612

Janubiy Koreya - O‘zbekiston. Kimda qanday yo‘qotishlar?

Foto: O‘FF

15 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘yin oldidan ikki tomonda ham yo‘qotishlar mavjud. 

Mezbonlar safida Xvang Xi Chan maydonga tushmasligi aniq bo‘lgan. Ma'lum qilinishicha, u Shveytsariyaning «Red Bul Zaltsburg» klubi safida yakshanba kungi mashg‘ulotda jarohat olgani uchun o‘zbekistonliklarga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Bundan oldinroq, mahalliy nashrlarda Janubiy Koreya termasida  jarohatlar epidemiyasi davom etayotgani, Son Xeung Min, Ki Song Yong, Hong Chol, Li Che Song va Li Chong Yong kabi yetakchi futbolchilar mashg‘ulotlarda ishtirok etmayotgani haqida xabarlar berilgandi.

O‘zbekiston terma jamoasi safida esa Aziz Haydarov Toshkentdagi mashg‘ulotlar vaqtida jarohat olgan tufayli Seulga bormagan. Shuningdek, kichik jarohati bor ekaniga qaramasdan terma jamoa delegatsiyasi bilan Seulga uchib ketgan Server Jyeparov safardagi ilk mashg‘ulotda ishtirok etmagan. Ko‘p ehtimolki u ham Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi.

Mavzuga oid
Top