17:19 / 19.11.2016
36909

Turkiya prezidenti Imom al-Buxoriy majmuasida juma namozini o‘qidi

Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an rahbarligidagi Turkiya hukumati delegatsiyasi 18 noyabrda O‘zbekistonga tashrif buyurgani haqida xabar qilingan edi. Prezident O‘zbekistonga tashrifi davomida Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylarini ziyorat qildi. 

Xususan, Rajab Erdo‘g‘an Imom al-Buxoriy va Imom Moturidiy majmualarida, shuningdek, Registon maydoni, Ulug‘bek, Sherdor va Tilla-kori madrasalari hamda Go‘ri-Amir maqbarasini borib ko‘rgan. 

Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ziyorat chog‘ida Islom olamining buyuk olimi, muhaddis Imom al-Buxoriy majmuasida juma namozini ado etgani ham xabar qilinmoqda. 

Top