12:15 / 23.11.2016
5464

BMT: Yer shari aholisining yarmidan ko‘pi internetdan foydalanmaydi

Foto: TACC

Dunyo aholisining yarmidan ko‘pi - 3,9 milliard kishi - internetning shiddatli rivojlanib borayotganiga qaramay, undan foydalanmas ekan. Seshanba kuni Jyenevada bo‘lib o‘tgan Xalqaro elektroaloqa ittifoqi (XEI - BMTning ixtisoslashtirilgan muassasasi) hisobotida ana shunday ma'lumot keltirib o‘tilgan. Bu haqida TASS xabar berdi

Bugungi kunda mobil keng polosali internetga texnik jihatdan Yer sharining 84 foiz aholisi kirishi mumkin, lekin "Axborot jamiyatini o‘lchash" deya nomlangan tadqiqotga ko‘ra, atigi 47 foizdan biroz ko‘proq aholigina internetdan foydalanar ekan. 

"Yuqori narxlar, xizmat ko‘rsatish sifatining yomonligi va boshqa to‘siqlar ko‘p odamlarning raqamli olamga kirishiga yo‘l bermaydi", - deydi XEI ekspertlari. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda 3,9 milliard kishi oflaynda qolmoqda, bularning aksariyatini ayollar, qariyalar, savodsiz va daromadi kam kishilar hamda qishloq aholisi tashkil qiladi. 

Mobil aloqaga keladigan bo‘lsak, 15 yoshdan 74 yoshgacha bo‘lgan kishilar orasida sayyora aholisining 85 foizi undan foydalanar ekan. 

 

Top