08:46 / 25.11.2016
3814

"Zenit" "Makkabi"ga qarshi uchrashuvda Yevropa ligasi guruh bosqichidagi 5-g‘alabasiga erishdi

Yevropa ligasining 5-turida D guruhi peshqadami Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi o‘z maydonida Tel-Avivning "Makkabi"sini 2:0 hisobda yutdi.

"Zenit" o‘yinchilari 1-bo‘lim so‘nggida hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi: gol muallifi Aleksandr Kokorin bo‘ldi.

2-gol 2-bo‘lim oxirida urildi: zaxiradan o‘yinga tushgan Aleksandr Kerjakov jarima to‘pini aniq amalga oshirdi.

O‘tgan turdayoq o‘ziga guruhdagi 1-o‘rinni ta'minlab qo‘ygan "Zenit" guruh bosqichidagi ketma-ket 5-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Yevropa ligasi. D-guruhi. 5-tur

Zenit (Sankt-Peterburg, Rossiya) – Makkabi T-A (Tel-Aviv, Izrail) – 2:0

Gollar: Kokorin, 44 (1:0); Kerjakov, 90+1 (2:0).

 

Manba: tribuna.uz

Top