20:10 / 30.11.2016
9083

Kechki dayjest: 30 noyabrning eng muhim xabarlari

Foto: Kun.uz

Yakunlanib borayotgan 30 noyabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

25 yillik tanaffusdan keyin O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi aviareyslar qayta tiklanmoqda

 

2017 yilning yanvar oyida, 25 yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston va Tojikiston poytaxtlari o‘rtasidagi aviaaloqalar qayta tiklanadi.

>>> Batafsil 

Rossiya MSK a'zosi O‘zbekiston endigina demokratiyaga yuz tutdi deb hisoblamoqda

RF Markaziy saylov komissiyasi (MSK) a'zosi, "Spravedlivaya Rossiya" ("Adolatli Rossiya") partiyasi raisi Nikolay Levichev ShHTdagi missiyasi doirasida O‘zbekistondagi prezidentlik saylovlarini kuzatar ekan, mamlakatning endigina demokratik rivojlanish yo‘lidan borayotganligini ta'kidladi.

>>> Batafsil 

Saylov kuni Toshkentda jamoat transporti bepul. «Toshshahartransxizmat» esa bundan bexabar

Foto: Publika.uz

O‘zbekiston Prezidenti saylovi kuni, ya'ni, 4 dekabr sanasida Toshkent metropolitenidan va boshqa turdagi jamoat transportidan foydalanish barcha yo‘lovchilar uchun bepul bo‘ladi.

>>> Batafsil 

Sayyoramiz 32 yil ichida qanday o‘zgarishlarga duch keldi?

Google kompaniyasi Google Earth loyihasi doirasida ishlab chiqilgan Timelapse servisini yangiladi.

>>> Batafsil 

Fidel Kastro motam marosimiga million kishi keldi

Foto: AP

Havanada Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastroning xotirasiga bag‘ishlangan ommaviy tadbirga deyarli million kishi keldi.

>>> Batafsil 

MRB XX asrning maxfiy xaritasini ochiq ko‘rish imkonini taqdim etdi

Foto: Central Intelligence Agency / Flickr

AQShning Markaziy razvedka boshqarmasi XX asrning yetmish yillik tarixini qamrab olgan o‘nlab xaritalarni e'lon qildi.

>>> Batafsil 

Turkiyalik ekspert Erdo‘g‘anning Asadni ag‘darish haqidagi bayonotiga izoh berdi

© AP Photo

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an turk armiyasi Suriyaga Bashar Asad rejimini ag‘darish uchun kirgani haqida xatolik tufayli bayonot bergan bo‘lishi mumkin.

>>> Batafsil 

Turkiyaga dam olish uchun eng ko‘p kelayotgan davlat fuqarolari ma'lum bo‘ldi

Foto: © Fotolia

Turkiyaga oktabr oyida kelgan sayyohlar miqdori hisoblab chiqildi. Bu haqdagi ma'lumot Turkiya madaniyat va turizm vazirligi saytida chop etilgan.

>>> Batafsil

Afg‘onistonda “Tolibon” qo‘mondoni yo‘q qilindi

Foto: © AFP

“Tolibon” radikal harakati qo‘mondonlaridan biri – Mulla Rayhon Afg‘oniston shimolidagi G‘azni viloyatida amalga oshirilgan harbiy amaliyot chog‘ida yo‘q qilindi.

>>> Batafsil 

Qozog‘iston fuqarolari umumiy daktiloskopiyadan o‘tkaziladi

Foto: © RIA Novosti

Qozog‘iston fuqarolari, shuningdek, respublikaga viza bo‘yicha kirib keluvchi xorijliklar, qochoqlar va mehnat migrantlari 2021 yildan boshlab majburiy daktiloskopiya (barmoq izlari va ularga qarab kishilarning shaxsini aniqlash)dan o‘tkaziladi.

>>> Batafsil 

Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyev haykali ochildi (Video)

Foto: Tengrinews.kz

Qozog‘istonning Toldiqo‘rg‘onida (Olmaota viloyati ma'muriy markazi) amaldagi prezident Nursulton Nazarboyevga qo‘yilgan haykal tantanali ravishda ochildi.

>>> Batafsil 

Meizu o‘zining yangi smartfonini taqdim etdi

Foto: hi-tech.mail.ru

Meizu kompaniyasi o‘zining yangi Meizu M3X smartfonini taqdim etdi. Shisha korpusli va metall chetli qurilma Flyme ekraniga ega bo‘ldi.

>>> Batafsil

Ford o‘zini-o‘zi to‘xtatuvchi motor yaratdi

Ford kompaniyasi kichik og‘irliklar bir silindrini to‘xtatish tizimi bilan jihozlangan uch silindrli motorni ishlab chiqayotgani haqida ma'lum qildi.

>>> Batafsil 

Ronaldu «Shapekoense» uchun 3 million yevro xayriya qildi

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Shapekoense» klubining aviahalokat oqibatida halok bo‘lgan futbolchilarining oila a'zolariga moddiy yordam ko‘rsatdi.

>>> Batafsil 

«Lokomotiv» 2016 yilgi O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi

Bugun Samarqandda O‘zbekiston kubogining final o‘yini o‘tkazildi. Bu o‘yinda «Lokomotiv» «Nasaf» bilan o‘ynab, kichik hisobdagi g‘alabaga erishdi.

>>> Batafsil 

Angliya futbolida yana bir mojaro boshlanmoqda

Angliya futbolida yana bir mojaro boshlanmoqda. «Chelsi» jamoasining rasmiy sayti orqali rahbariyat jamoada o‘tgan asrning 70-yillarida skaut sifatida ishlagan marhum Eddi Xitning harakatlari bo‘yicha tekshiruv boshlagani ma'lum qilindi.

>>> Batafsil

Top