17:44 / 13.12.2016
30558

Sobiq Sog‘liqni saqlash vaziri boshqa ishga o‘tgani ma'lum qilindi

Foto: Anons.uz

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligining endilikda sobiq rahbari Anvar Valiyevich Alimov boshqa ishga o‘tgan. Vazirlikdagi manbaning Kun.uz nashriga ma'lum qilishicha, u Respublika ixtisoslashgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimiga tayinlangan.

1955 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan Anvar Alimov 1999-2009 yillarda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori, 2009-2012 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

U 2012 yilning yozidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimida ishlayotgandi.

Bundan oldinroq bosh vazir o‘rinbosari Adham Ikromov Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Top