22:03 / 23.12.2016
4897

BMT: 2016 yil boshidan O‘rta yer dengizida 5 ming qochqin halok bo‘ldi

Foto: Reuters

O‘rta yer dengizining Liviya va Italiya sohillari o‘rtasida ikkita halokat oqibatida 100 ga yaqin muhojir, 2016 yil boshidan esa 5 ming muhojir halok bo‘ldi, deb ma'lum qildi BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha agentligi matbuot kotibi Vilyam Spindler.

Uning aytishicha, gap ikki rezina qayiqning halokatga uchrashi haqida bormoqda. Ulardan birida 120 nafardan 140 nafargacha odam bo‘lgan. Sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati 63 kishini, jumladan ayollar va bolalarni qutqarib qolgan.

Ikkinchi qayiqda 120 kishigacha odam bo‘lgan, ulardan 80 nafari qutqarib qolingan.

Spindlerning aytishicha, 2016 yilda O‘rta yer dengizida kuniga o‘rtacha 14 kishi halok bo‘lgan.

2015 yilda O‘rta yer dengizini bir milliondan ko‘proq odam noqonuniy ravishda kesib o‘tgan, ulardan 3771 nafari halok bo‘lgan.

 

Top