Rossiya mudofaa vazirligi harbiy-koinot kuchlari markazi mutaxassislari 25 dekabrda Qora dengizda halokatga uchragan Tu-154 samolyotining qora qutilaridan biridagi yozuvning dastlabki tahlilini o‘tkazishdi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbaga iqtibos keltirgan holda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda.
"Qora qutining dastlabki tahlili yakunlandi. U samolyotni boshqarishdagi xato bilan bog‘liq taxmin ustuvor ekanligi haqida xulosa qilishga imkon beradi", deb aytdi manba.
Manba qora qutidagi yozuv borasida hech qanday tafsilotlarni keltirmagan.