12:17 / 04.01.2017
10280

Filippin qamog‘ida necha kishining o‘ldirilgani ma'lum bo‘ldi

Foto: Reuters

Filippin qamog‘idan mahbuslarning qochishi natijasida  kamida 6 nafar odam o‘ldirilgan. Bu haqida Associated Press xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, o‘ldirilgan 6 kishidan 5 nafari mahbuslar bo‘lgan. Yana 6 nafar harbiy jiddiy jarohat olgan. 

Bundan avval Filippinda 130dan ziyod mahbusning qamoqxonadan qochgani haqida xabar berilgan edi. Ma'lum qilinishicha, mahbuslar mahalliy radikal tashkilotning jangarilari hujumidan keyin qochishga muvaffaq bo‘lishgan. Ayni vaqtda qochoqlardan atigi 2 nafari qo‘lga olingan, qolgan mahbuslarni qidirish operatsiyasi davom etmoqda.

Mavzuga oid
Top