17:43 / 02.02.2017
4251

Atambayev sobiq ta'lim vazirini o‘z ma'muriyatiga ishga oldi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev mamlakat sobiq ta'lim vaziri Elvira Sariyevani o‘z ma'muriyati rahbari o‘rinbosari etib tayinladi. Bu haqda qirg‘iz prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

«Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev Sariyeva Elvira Qubonichbekovnani respublika prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi. U avvalgi lavozimidan ozod qilindi», - deyiladi xabarda.

Almazbek Atambayev o‘tgan yilning oktabrida parlament koalitsiyasi tarqab ketganidan so‘ng hukumat iste'fosi to‘g‘risidagi farmonga imzo chekkandi.

Ma'lumot uchun, Sariyeva – Qirg‘izistonning Issiq-Ko‘l viloyatida tug‘ilgan. U Bishkek gumanitar universiteti, British Broadcasting Corporation maktabi, shuningdek respublika prezidenti qoshidagi boshqaruv akademiyasi va mamlakat hukumati qoshidagi yuridik akademiyasini tamomlagan.

Mavzuga oid
Top