17:32 / 10.02.2017
10554

Litvaga Amerika harbiy texnikasi keltirildi

AQSh qo‘shinlarining o‘nta tanki, beshta piyodalar jangovar mashinasi, yo‘ltanlamaslar va yuk transportlari Litvaga juma kuni yetkazildi, deb xabar berdi RIA Novosti Knyaz Vaydotas nomidagi mexanizatsiyalashtirilgan piyodalar bataloni vakili Loret Kavalyauskenega asosan.

"Ha, barcha harbiy texnika Gayjyunay temir yo‘l stansiyasiga kelganini tasdiqlayman", - dedi Kavalyauskene.

Gayjyunayga o‘nta M1A2 Abrams tanki, beshta M2A3 Bradley piyodalar jangovar mashinasi, yo‘ltanlamaslar va yuk transporti keltirilgan, ular 120 kishilik AQSh piyoda rotasi harbiy xizmatchilari tomonidan ishlatiladi. 

Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, Litvada keyingi haftadan boshlab AQSh to‘rtinchi piyoda divizitsiyasining uchinchi brigadasiga qarashli 68-polki birinchi bataloni xizmatga kirishadi. AQSh qurolli kuchlari rotasi, shuningdek logistika bo‘yicha xizmatchilar mamlakatga 6-7 fevral kunlari yetib keladi. Bu Atlantic Resolve amaliyoti doirasidagi navbatdagi rotatsiya bo‘linmasidir. Amerikaliklar litvalik harbiy xizmatchilar bilan birga ishlashadi hamda mashqlarda qatnashadi. 

Mavzuga oid
Top