15:54 / 10.02.2017
28195

Prezident Toshkent shahrida videokuzatuv tizimini ishga tushirish haqida ko‘rsatma berdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 9 fevral kuni ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik

Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentda 2014-yil qurila boshlangan shahar chorrahalarini kuzatishga mo‘ljallangan videokuzatuv tizimini qisqa muddatda ishga tushirish haqida ko‘rsatma berdi. 

Ma'lumot uchun, hozirda poytaxtda 120ta chorraha kuzatuv kameralari bilan jihozlangan bo‘lib, ularning barchasi ishga tayyor va qoidabuzarliklarni test rejimida qayd etib bormoqda. 

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Prezidenti tegishli rahbarlarga transport va piyodalar harakatini boshqarib turadigan kuzatuv kameralarini ishga tushirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdi.

Kun.uz ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida tegishli tashkilotlar bilan bog‘lanishga harakat qildi, biroq bu ish samara bermadi.

Mavzuga oid
Top