07:58 / 09.04.2017
16154

Moskva g‘arbida poyezd va elektrichka to‘qnashdi, 50 kishi jarohatlandi

8 aprelda Moskva g‘arbida uzoq masofaga qatnovchi poyezd shahar atrofida yuruvchi elektrichkaga urildi. 

Voqea soat 22:40da Moskva temir yo‘lining Belarus yo‘nalishidagi Fili — Kuntsevo-2 stansiyalari oralig‘ida yuz bergan. Moskva — Usovo yo‘nalishi bo‘yicha ketayotgan elekrichka Moskva — Brest poyezdi bilan temir yo‘lni yugurib o‘tayotgan odam sababli yuz bergan. Elektrichka mashinisti odamni urib yubormaslik uchun favqulodda tormozlashni qo‘llagan, bu vaqtda unga poyezd kelib urilgan. Oqibatda elekrichkaning ikkita vagoni va poyezd lokomotivining seksiyasi relslardan chiqib ketgan.

Rossiya tergov qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, avariya vaqtida poyezdda 455 yo‘lovchi bo‘lgan, elektrichkada esa faqat mashinist, uning yordamchisi va ikki kontrolyor bo‘lgan. 

To‘qnashuv sababli 50 kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan. 16 kishi shifoxonaga yetkazilgan, ular orsida 2 o‘smir ham bor. 6 kishining ahvoli og‘ir deya baholangan. Jarohat olganlar ro‘yxati Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligi saytida chop etilgan. 

To‘qnashuv yuzasidan tergovgacha tekshiruv boshlangan, uning natijalariga ko‘ra protsessual qaror qabul qilinadi.

YouTube’da to‘qnashuv joyidan olingan video paydo bo‘ldi.

Voqea joyida favqulodda xizmatlar va huquq-tartibot idoralari ish olib bormoqda. 

Mavzuga oid
Top