15:57 / 06.06.2017
12566

«Arsenal» ilk transferni rasmiylashtirdi

«Arsenal» «Shalke» himoyachisi Sead Kolashinatsni transfer qildi.

23 yoshli bosniyalik futbolchi London jamoasiga erkin agent sifatida o‘tgan va 5 yillik shartnoma imzolagan.

U 1 iyuldan jamoa safiga qo‘shiladi.

«Arsenal» Kolashinatsga 140 ming yevro miqdoridagi haftalik maosh tayinlagan.

Kolashinats – «Shalke» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U nemis jamoasida 2012 yildan buyon to‘p surib kelayotgandi. Yakunlangan mavsumda u bundesliganing 25 o‘yinida ishtirok etib, 3 gol urdi va 5 golga uzatma berdi. 

Top