19:00 / 07.06.2017
65774

Uchta oliygohda sirtqi bo‘lim ochilmoqda. Kechgi ta'limni joriy etish imkoniyatlari o‘rganilmoqda

7 iyun kuni Xalqaro press-klubning navbatdagi anjumanida Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vaziri birinchi o‘rinbosari Inomjon Majidov sirtqi ta'lim tizimi haqida ma'lumot berdi.

Ma'lumki, sirtqi ta'lim 10 yilcha muqaddam to‘xtatilgan edi. Biroq joriy yilda talabalar uchta universitetning sirtqi bo‘limida tahsil olish imkoniga ega bo‘lishadi. 

"2017-2018 o‘quv yilida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi bo‘limiga 100 nafar, Navoiy davlat konchilik institutining maxsus sirtqi bo‘limiga 90 nafar hamda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining maxsus sirtqi bo‘limiga 80 nafar talabani qabul qilish maqsad qilingan. Kechgi ta'lim tizimida to‘xtaladigan bo‘lsak, hozirda bu soha bo‘yicha jahondagi oliy ta'lim muassasalarining tajribalari o‘rganilmoqda. O‘zbekistonda ham kechgi ta'lim tizimini joriy qilish imkoniyatlari izlanmoqda", - dedi Inomjon Madjidov.

Shuningdek, joriy yilda maqsadli qabulni amalga oshirish mexanizmlari joriy qilinadi.

Top