15:12 / 13.06.2017
6953

Myunxenda otishma, jabrlanganlar bor

Foto: AFP

Germaniyaning Myunxen shahrida yuz bergan otishma natijasida uch kishi jabrlandi, hujum qilgan shaxs ham yaralandi. Bu haqda N24 telekanalining jonli efirida politsiya rasmiy vakili Mixael Rilayn ma'lum qildi.

"Bizning hamkasbimiz og‘ir jarohatlandi, jinoyatchi yengil darajada yaralandi", - deya ma'lum qildi u. Qo‘shimcha qilinishicha, otishda davomida “yana ikki kishi jarohatlangan”.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, otishma "Unterforing" bekatida Toshkent vaqti bilan soat 11.30da yuz berdi. Jinoyatchi hujjatlarni tekshirib yurgan politsiya patruliga hujum qildi. Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, u ayol politsiyachining qurolini tortib olgan va undan o‘q uza boshlagan. Politsiya xodimasi boshidan olgan og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga olib ketildi. Yana ikki nafar o‘tkinchi og‘ir darajada jarohatlandi.

Jinoyatchining o‘zi ikkinchi politsiyachi tomonidan yaralandi, u ham shifoxonaga yetkazildi. Politsiya rasmiy vakili Markus da Gloria Martinsning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchida hujum uchun “diniy yoki mafkuraviy sabab” bo‘lmagan, u “shaxsiy sabab tufayli” shunday xatti-harakatni amalga oshirgan. 

Top