12:25 / 21.06.2017
11604

Bryussel vokzalida terakt uyushtirgan erkakning shaxsi aniqlandi

Foto: Reuters

Belgiya hukumati Bryusseldagi markaziy vokzalda terakt sodir etgan erkakning shaxsini aniqladi. Bu haqda Belgiya IIV rahbari Yan Yambon xabar bergan.

"Terrorchining shaxsi aniqlandi. Biz u kim ekanini aniqlashga muvaffaq bo‘ldik", - deya ma'lum qildi Yambon RTBF telekanaliga.

Vazir uning ismini aytmadi va boshqa tafsilotlarni keltirmadi.

Yambonning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchi ro‘y bergan portlashdan ko‘ra kuchliroq teraktni amalga oshirishni rejalashtirgandi.

"Eng yomonining oldi olindi", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi vazir.

Seshanba kuni kechqurun harbiylar Bryussel markaziy vokzalida kichik portlashni amalga oshirgan shaxsni yo‘q qilishdi. Hodisa terakt sifatida baholandi. Erkak hayotdan ko‘z yumgan.

Top