07:52 / 28.06.2017
7054

OAV: Shahzoda Uilyam va Devid Kemeron korruptsion mojaroga aralashgan

Foto: Reuters

Shahzoda Uilyam va Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Devid Kemeron futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionatini Angliya olishga urinishi bilan bog‘liq korruptsion mojaro markazida qoldilar, deb xabar bermoqda Daily Telegraph nashri. 27 iyunda chop etilgan, 2018 va 2022 yillardagi jahon chempionati mezbon davlatlarini tanlash bo‘yicha hisobotga ko‘ra, Kemeron va shahzoda Uilyam 2018 yilgi jahon chempionati mezbon davlatini tanlashda Angliya va Janubiy Koreya o‘rtasida ovozlar ayirboshlash bo‘yicha bitim muhokama qilingan uchrashuvda ishtirok etishgan.

Ingliz futbol amaldorlari ovoz berishda Angliyaga yordam berishi mumkin bo‘lgan FIFA vakilining qirolicha Yelizaveta II bilan uchrashishi imkoniyatini muhokama qilishgan.  

Nashrning ma'lum qilishicha, FIFA axloq qo‘mitasi tergov palatasi boshlig‘i Maykl Garsiya tomondan tayyorlangan hisobotda Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Janubiy Koreya delegatsiyasidan Angliya arizasiga ovoz berishni so‘ragan. Angliya esa bunga javoban Janubiy Koreyaning 2022 yilgi jahon chempionatini o‘tkazish arizasiga ovoz berishi kerak bo‘lgan.

Hisobotga ko‘ra, bunday ovozlar almashish "maxfiy til biriktirishni taqiqlash haqidagi qoida"ning buzilishi bo‘lar edi, deb yozmoqda nashr.

Top