Londonning «Chelsi» jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida o‘zining ilk nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Antonio Konte shogirdlari Londondagi qo‘shnilari, Chempionshipda ishtirok etuvchi «Fulhem»ni 8:2 hisobida mag‘lub etdi.
Ko‘klar tarkibida «Anji»ning sobiq yarim himoyachisi Villian het-rikka erishgan bo‘lsa, hujumchilar Loik Remi va Mishi Batshuayi ikkitadan gol kiritishgan. Himoyachi Sesar Aspilikueta esa ikki tomonga ham gol urdi. «Fulhem» tarkibida Stefan Yoxansen maqsadiga erishdi.