12:38 / 21.07.2017
10487

«Chelsi» Moratani qo‘lga kiritishiga munosabat bildirgan Mourino Lukaku bilan maqtandi

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino Alvaro Morataning Angliyaga kelishi, Romelu Lukakuning saviyasi va Markos Roxoning holati haqida so‘zlab berdi.

– Meni «Chelsi»ning transferlari qiziqtirmaydi» – degan Moratani hozirgi jamoasiga olib kelmoqchi bo‘lgan «ko‘klar»ning sobiq murabbiyi. – Ha, bizga yana bir markaziy hujumchi kerak edi. Zlatan jarohat olib safdan chiqqanini bilasiz, Reshfordga esa ba'zan dam berib turish kerak bo‘ladi.

Hozir ishonch bilan aytishim mumkinki, bizda top hujumchi bor. Haqiqiy to‘purar. U bir necha yil davomida shu darajasini saqlab qola oladi. U men «Chelsi»da ishlaganimda hali bola edi.

«Yunayted»da endi Lukaku bor. Hozir u Angliya chempionatidagi eng yaxshi hujumchi. Albatta, u o‘z salohiyatini isbotlashiga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, Chempionlar ligasida.  Ammo, bu yigit juda talantli, buni rad etib bo‘lmaydi.

Nima uchun «Chelsi» Moratani olib keldimi? Axir klub Diyego Kosta bilan xayrlashdi. Menimcha bu yerda hammasi oddiy, – degan Mourino.

Mourino intervyu berdi. U yozgi transferlardan rozi emas

– Roxo dekabrga qadar davolanadi. – deya ma'lumot bergan «qizil iblislar» murabbiyi. – U qishgacha safga qayta olmaydi. Bizda zaxira imkoniyatlari keng emas, shu tufayli yana futbolchi olish kerak. Men avvaliga 4 yangi futbolchi olib kelmoqchi edim, ammo transferlar bozorida bu ish oson emas. Bu yerda qattiq kurash ketadi. Biz barcha talablarni bajaradigan klub emasmiz.

Ba'zilar pulga muhtoj emas va xotirjamlik bilan «yo‘q» deydi. Ularda pul bilan hammasi joyida va ular o‘z shartlarini o‘tkazishadi.

Masalan, «Manchester Siti» Uoker uchun 25 mln funt taklif qildi, yakunda esa Kayl ularga qanchaga tushganini ko‘rdik. Hammasi muzokaralarga bog‘liq. Haqiqat shunday, ammo men bunga o‘rganganman. Hozir hamma yaxshi futbolchi uchun katta pullar to‘laydi. Ammo yaxshi futbolchi va katta futbolchi o‘rtasida farq bo‘ladi, – deya so‘zlarini yakunlagan mutaxassis.

Top