18:18 / 26.08.2017
26947

Mirziyoyev farmoni bilan bir guruh yoshlar mukofotlandi

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yosh avlod vakillarini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Mamlakatimiz yoshlari xalqimizning mehnatsevarlik, bilim va ma'rifatga intilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, bag‘rikenglik kabi olijanob fazilatlarini o‘zida mujassam etib, Vatan manfaatlarini himoya qilishga qodir bo‘lgan barkamol avlod sifatida jamiyatimizda munosib o‘rin egallamoqda. 

O‘zbek xalqining ulkan salohiyati bugungi kunda hal qiluvchi kuch bo‘lib hayotga kirayotgan, zamonaviy bilim va kasb-hunar sirlarini puxta egallagan, azmu shijoatli, navqiron yosh avlodimiz timsolida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Yurtimizning ishlab chiqarish, ilm-fan, ta'lim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san'at, sport va boshqa sohalarda jonbozlik ko‘rsatib, mamlakatimiz ravnaqiga, uning jahon miqyosidagi obro‘-e'tiborini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan vatanparvar va fidoyi yoshlarimizning ezgu intilishlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida quyidagilar davlatimizning orden va medallari bilan mukofotlansin:

«Do‘stlik» ordeni bilan

Baratova Madina Xasanovna - O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Buxoro viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari, «Kamalak» bolalar tashkiloti raisi

Sultonov Sarvarbek To‘lqinbek o‘g‘li - O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Sirdaryo viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari, «Kamalak» bolalar tashkiloti raisi

Tadjiyev Odiljon Patixdjonovich - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlarni ijtimoiy himoyalash va bandlikka ko‘maklashish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari

Tuxtayev Xusen Mirzayevich - O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Samarqand davlat universitetidagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi

Xodjayev Jamshid Baxtiyorovich - O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Navoiy viloyati Kengashi raisi

Shukurov Elbek Xabibullayevich - O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent shahar Kengashi raisi

«Shuhrat» medali bilan

Abbasova Mehrinoz Nosirjon qizi - O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Markaziy Kengashi ta'sischiligidagi «Yosh ijodkorlar uyushmasi» nodavlat notijorat tashkiloti raisi

Abdurayimov Ergash Arifdjanovich - O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent viloyati Olmaliq shahar Kengashi raisi

Abduraximov Begzod Jo‘raboyevich - O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Jizzax viloyati Arnasoy tumani Kengashi raisi

Avezov Islombek Ilxamovich - Xorazm viloyati Urganch shahridagi maishiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xususiy tadbirkor

Azimov Farrux Kaxramonovich - O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent temir yo‘l muhandislari institutidagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi

Alijonov Murodjon Ibrogimjon o‘g‘li - O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Farg‘ona viloyati Kengashi qoshidagi «Yoshlar markazi»ning «Jasorat» klubi yetakchi mutaxassisi 

Axunov Jamshid Shodiyevich - O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Samarqand viloyati Payariq tumani Kengashi raisi

G‘aybulloyev Abbos Asatovich - O‘zbekiston yoshlar ittifoqining «G‘arbgazta'minot» unitar korxonasidagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi

Jumamuratov Raxat Tleumuratovich - O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani Kengashi raisi

Zikriyayev Zokir Mamirovich - O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Guliston davlat universitetidagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi

Islamov Sherzod Xalilovich - O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar Kengashi raisi

Ismatzoda Rabbonai Samariddin - Samarqand shahridagi «Rabbona-Ko‘zmunchoq-Tekstil» oilaviy korxonasi rahbari

Qayumov Lazizjon Baxtiyorovich - Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi

Qodirov Bekzod Abduraxmonovich - «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining Kasaba uyushma qo‘mitasi ommaviy-tashkiliy ishlar bo‘yicha yo‘riqchisi

Qurbonov Ibratbek G‘ayrat o‘g‘li - O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Xorazm viloyati Xiva tumani Kengashi raisi

Kutfitdinov Islombek Ilxom o‘g‘li - Namangan shahridagi «Imron tekstil group» xususiy korxonasi direktori

Matkarimov Matkarim Sabirjonovich - Xorazm viloyati Urganch shahridagi «Davr tort» mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari

Murodov Umid Abduvaliyevich - Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi 23-umumiy o‘rta ta'lim maktabi direktorining o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

Nematov Laziz Alisherovich - Buxoro muhandislik-texnologiya institutining «Elektrotexnika va ishlab chiqarishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari» fakulteti dekani o‘rinbosari

Normurodova Gulnora Ikromovna - O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Jizzax viloyati Kengashi bo‘lim mudiri

Nusratullayev Abdulxay Shavkat o‘g‘li - Navoiy viloyati Karmana tumanidagi «Yangi avlod tekstil» mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari

Pattayev Xojiakbar Shokir o‘g‘li - Namangan yoshlar markazining yosh jurnalistlar to‘garagi rahbari

Polvonov Sherzodjon Fazlitdinovich - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi mudiri

Po‘latov Uchqunbek Ulug‘berdiyevich - O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Kengashi qoshidagi «Yosh tadbirkor» konsultativ markazi koordinatori

Rasulov Doniyor Mamazokir o‘g‘li - O‘zbekiston yoshlar ittifoqining «GM O‘zbekiston» aksiyadorlik jamiyatidagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi

Rahmatov Elyor Jumaboyevich - Toshkent davlat yuridik universiteti Moliya, bank va soliq huquqi kafedrasi o‘qituvchisi

Raxmonova Roxat Mexmonovna - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Muborak tumani Kengashining ta'lim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi, «Kamalak» bolalar tashkiloti raisi

Rustamova Dilraboxon Abduraximovna - Andijon davlat universiteti o‘qituvchisi

Utkirov Muxriddin Baxriddinovich - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Nishon tumani Kengashining ta'lim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi, «Kamalak» bolalar tashkiloti raisi

Shokirov Botirjon Shuxrat o‘g‘li - O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani Kengashi raisi

Shrazov Anvar Asamatdinovich - O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi qoshidagi «Yoshlar markazi» tashkiliy-kadrlar bo‘limi mudiri

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

Top