19:43 / 26.08.2017
6699

OAV: Turkiya Suriya bilan chegarasiga og‘ir harbiy texnika joylashtirdi

Turkiya Suriya bilan chegarasiga bir nechta gaubitsa va tank joylashtirdi. Bu haqda 26 avgustda Hurriyet Daily News nashri xabar berdi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Turkiya kurdlarning “Xalq mudofaasi kuchlari” joylashgan hudud qarshisidagi hududini mustahkamlamoqda.

Belgilangan joyga texnikani bir nechta yuk mashinasi yetkazgan. Texnikalar Kilis shahrida payqalgan. Bungacha chegaraga 5 avgustda harbiy mashinalar tashlangandi.

Iyun oxirida Turkiye nashri Turkiya qurolli kuchlari Suriya shimolidagi Afrin kantonida quruqlikdagi operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rishni yakunlaganini ma'lum qilgandi. Bu operatsiya o‘tkazilishi mumkinligini Turkiyaning sobiq mudofaa vaziri, hozirda bosh vazir o‘rinbosari lavozimini egallayotgan Fikri Ishik ham aytgandi. Anqaraning fikricha, “Xalq mudofaasi kuchlari” “Demokratik ittifoq” kabi Turkiya hukumati kurash olib borayotgan Kurdiston ishchi partiyasining Suriyadagi shoxobchasi hisoblanadi.

Mavzuga oid
Top