15:00 / 27.09.2017
13188

Ronaldu: «Men professionalizm namunasiman»

Foto: Real Madrid

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu YeChL doirasida Dortmundning «Borussiya» klubiga qarshi kechgan va 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yindan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«O‘zimni shunday holatda his qilmoqdamanki, har bir uchrashuvda o‘zimni ko‘rsatishim kerak. Muxlislarning men haqdagi fikrlari g‘alati, statistika esa boshqa narsani ko‘rsatmoqda.

«Real» uchun yubiley o‘yin o‘tkazganimdan xursandman. Qancha gol urganimning hisobini bilmayman. Bu haqda meni g‘iybat qiladiganlar bahslashaversin. Gol urish uchun imkoniyat paydo bo‘lganida, gol uryapman. Ammo futbolda ba'zan zarbalaringni darvozabon qaytaradi yoki to‘p to‘singa borib tegadi.

Men professionalizm namunasiman, ammo tanqidchilarim ko‘paygandan ko‘payadi», — deya Ronalduning so‘zlarini keltirgan Atresmedia.

Ronaldu uchun «Borussiya»ga qarshi o‘yin Madrid klubi safidagi 400-o‘yin bo‘ldi. U bu o‘yinda ikki gol urdi va «Real» uchun urgan gollari sonini 412taga yetkazdi.

Top