14:40 / 28.09.2017
7940

Chinozda qo‘y o‘g‘rilari qo‘lga olindi

Foto: KUN.UZ

Chinoz tumanida istiqomat qiluvchi N.P. muqaddam ham jinoyat sodir etganligi bois javobgarlikka tortilgan bo‘lsada, bundan xulosa chiqarmay o‘zgalarning mol-mulkini yashirin  ravishda talon-taroj qilishga urinadi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati IIB.

2017 yil 10 sentabr kuni soat taxminan 01:00larda o‘zining jinoiy sherigi V.A. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, shu tumanda yashovchi Z.X.ning qo‘yxonasiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, u yerdan jami narxi 3 million so‘mlik bo‘lgan 3 bosh qo‘chqorni yashirin ravishda o‘g‘irlab, jinoyat sodir etgan joydan yashirinadi.

O‘g‘irlangan qo‘ylarni qassobga sotib yuborishadi. Ichki ishlar organlari tomonidan o‘g‘irlik holati bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilayotganligidan xabar topgan N.P. va V.A. o‘zlarining xatti-harakatlarini bekitish maqsadida, o‘g‘irlangan qo‘ylarni jabrlanuvchi yashovchi mahallaga olib kelib qo‘yib yuborishadi.

Hozirgi vaqtda N.P. va V.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top