00:20 / 15.10.2017
21230

Olimlar: Yaqinda Yer yonidan uchib o‘tgan asteroid kelajakda u bilan to‘qnashishi mumkin

Yevropa koinot agentligi olimlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, 12 oktabrda Yer yonidan maksimal yaqin masofa – 44 km uzoqlikda uchib o‘tgan 2012 TS4 asteroidi sayyoramiz bilan 2079 yilda to‘qnashishi mumkin. 

Asteroid yo‘nalishi o‘rganilgandan keyin u har bir yangi davrani o‘tgan sari Yerga yaqinlashayotgani haqidagi xulosaga kelindi. 2050 yilda u Yer yonidan o‘tib ketadi, biroq 2079 yilda u bilan to‘qnashishi mumkin, chunki Yer tortish kuchi uning yo‘nalishini o‘zgartirmoqda. Asteroidning Yer bilan to‘qnashish ehtimoli 1:750ni tashkil qiladi, deb xabar bermoqda cnet.com.

Mavzuga oid
Top