17:46 / 21.10.2017
5145

Myunxenda o‘tkinchilarga pichoq bilan hujum qilindi

Foto: Reuters

Germaniyaning Myunxen shahrida erkak o‘tkinchilarga pichoq bilan hujum qildi. U qo‘lga olingan, deb xabar bermoqda Bild.

Reuters ma'lumotiga ko‘ra esa, politsiya yaqin vaqt ichida hujum va uning oqibatlari bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazadi.

Ma'lumot uchun, Myunxenning Rozenxaymerplats maydonida pichoq bilan qurollangan shaxs bir necha kishini jarohatladi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, besh kishi yaralangan.

Ayni damda hujumga nima sabab bo‘lgani aniqlashtirilmoqda.

Top