14:50 / 23.10.2017
14962

Bugun FIFA yilning eng yaxshilarini taqdirlaydi

Foto: ESPN FC

Bugun Londonda FIFA The Best mukofotlarini topshirish marosimi o‘tkaziladi.

Tadbir soat 22:30da boshlanadi. O‘zbekistonlik muxlislar uni Uzreport TV va Futbol TV telekanallari orqali jonli efirda tomosha qilishlari mumkin.

Avvalroq, barcha nominatsiyalar bo‘yicha uchliklar e'lon qilingan edi.

Yilning eng yaxshi futbolchisi: Krishtianu Ronaldu («Real»), Lionel Messi («Barselona»), Neymar («Barselona»/»PSJ»).
Yilning eng yaxshi murabbiyi: Zayniddin Zidan («Real»), Antonio Konte («Chelsi»), Massimiliano Allegri («Yuventus»).
Yilning eng yaxshi darvozaboni: Janluiji Buffon («Yuventus»), Keylor Navas («Real»), Manuel Noyyer («Bavariya»).
Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi: Deyna Kastelyanos (Venesuela), Karli Lloyd (SShA), Like Martens («Barselona»).
Yilning eng yaxshi ayol murabbiyi: Nils Nilsen (Daniya), Jyerar Presher («Lion»), Sarina Vigman (Gollandiya).
Yilning eng chiroyli goli: Deyna Kastelyanos (Venesuela U-17 ayollar terma jamoasi), Olive Jiru («Arsenal»), Masuluke Oskarine («Baroka»)
Yilning eng yaxshi muxlislari: «Borussiya» D, «Seltik», «Kopengagen».

Top