23:47 / 01.11.2017
3813

Afg‘onistonda benzovozning portlatilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda bomba portlashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, yana 25 kishi jarohat oldi. Mahalliy OAVning ma'lum qilishicha, fojia Chorikor shahrida sodir bo‘lgan. 

Qo‘lbola portlovchi qurilma benzovozga o‘rnatilgan bo‘lgan. Terrorchilar uning yonidan yo‘lovchi avtobus o‘tayotganda bombani portlatishgan. Mahalliy politsiyaning ma'lum qilishicha, jarohatlanganlardan 16 nafari Kobuldagi shifoxonaga jo‘natilgan.

Top