10:22 / 14.12.2017
24621

Ozishning yangi usuli topildi

Foto: © Fotolia / Ruslanshug

Nyu-York shtati Universitetidan bo‘lgan olimlarning aniqlashicha, ochlik hissini neyronlarni qo‘zg‘atish yordamida yo‘qotish mumkin ekan. Tadqiqot natijalari PHAS portalida e'lon qilindi.

Universitet xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, odamlarda, xuddi hayvonlar kabi, ovqatni “emotsional” qabul qilishga moyillik bor, bu ular hattoki och bo‘lmaganlarida ham kuzatiladi. Shuning uchun his organlariga, shuningdek tajovuzkorlik va stressga javob beruvchi limbik tizimga ta'sir ko‘rsatish lozim. 

"Ovqat bo‘yicha xatti-harakat turli-tuman neyronlar va neyron zanjirlari bilan nazorat qilinadi, ular sut emizuvchilarning asosan gipotalamusi hamda orqa miyasida joylashgan", - deyiladi tadqiqotda.

Olimlar sichqonlar organizmiga klozapin-N-oksidni kiritishdi, u to‘siq yadrosi neyronlariga ta'sir ko‘rsatadi. Natija neyroleptik preparatni olgan sichqonlar kamroq oziqlanadigan bo‘lishdi. Shu bilan birga, klozapin-N-oksidni kiritishdan salbiy effektlar aniqlanmadi.

Olimlarning umid qilishicha, bu uslubni insonlardagi ortiq vazn bilan kurashda samarali qo‘llash mumkin.

Mavzuga oid
Top