16:10 / 26.01.2018
19224

Turkiya harbiy kampaniyani kengaytirib, Iroqqacha bormoqchi

Foto: RT

Turkiya Suriyadagi amaliyotni Manbijgacha davom ettirib, Iroq chegaralarigacha bo‘lgan hududni kurd bo‘linmalari jangchilaridan tozalashni maqsad qilgan. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning bayonotiga asoslangan holda Reuters agentligi xabar tarqatdi.

«Bizni bu amaliyotni to‘xtatishga chaqirayotganlarga yuzlanmoqchiman. Agar sizga qarata raketalar uchirib turishganida, siz nima qilgan bo‘lardingiz?» — degan Erdo‘g‘an Adolat va taraqqiyot partiyasining hududiy rahbarlari qarshisida qilgan chiqishi vaqtida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriyadagi harbiy amaliyotlar bu hududdagi oxirgi terrorchi yo‘q qilinmaguncha davom etadi. Turkiya rahbari agar Anqara o‘zining harbiy salohiyatidan to‘la foydalansa, bu amaliyotni tezroq yakunlashi ham mumkin.

«Anqara Afrinni bosib olishni maqsad qilmagan, bizning maqsadimiz Afrinni terrorchilardan ozod qilish va tinch aholi uchun yashash sharoitlarini yaratishdir», degan u.

Turkiya 20 yanvar kuni Suriya shimolida «Zaytun butog‘i» nomli harbiy amaliyot boshladi. Turkiyalik harbiylarga Suriya muxolifati hisoblanmish «Suriya ozodlik armiyasi» ham ko‘mak ko‘rsatmoqda. Rasmiy Anqara Suriyadagi kurd tashkilotlarini, xususan, «Demokratik ittifoq» (PYD) va Milliy mudofaa otryadlarini (YPG) Turkiyadagi Kurdiston ishchilar partiyasining harbiy qanotlari deb hisoblaydi. Turklar shuningdek, AQShni «ushbu terrorchilarga qurol yetkazib berish»da ayblaydi.

Mavzu
Turkiyaning Suriyaga kirishi

Turkiya qurolli kuchlari Suriyaning Afrin mintaqasidagi qurollangan kurd bo‘linmalariga qarshi quruqlikdagi harbiy operatsiyani amalda boshladi.

Barchasi
Mavzuga oid
Top