11:45 / 29.01.2018
8616

KXDRda 81 mingdan ortiq inson «cho‘chqa grippi» bilan kasallandi

Foto: Global Look Press

KXDRda 81 mingdan ortiq kishi H1N1 virusi – «cho‘chqa grippi» bilan kasallangan. To‘rt kishi ushbu xastalik tufayli hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar qilmoqda Ryonxap agentligi Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatiga tayangan holda.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 2017 yilning 1 dekabridan beri cho‘chqa grippi bilan kasallanganlikka gumon paydo bo‘lgan qariyb 130 ming holat qayd etilgan, ulardan 80 mingdan ortig‘i tasdiqlandi. Hayotdan ko‘z yumganlar orasida – uch nafar bola va bir nafar yoshi katta inson.

Kasallanganlarning deyarli yarmi – bolalar (24,5%) va o‘smirlar (22,8%).

Mavzuga oid
Top