11:18 / 20.02.2018
34817

O‘zbekiston fuqarosi Moskva oblastida ayolni yong‘indan qutqarib qolgani uchun mukofot bilan taqdirlandi

Foto: inpushkino.ru

O‘zbekiston fuqarosi Nuriddin Qirg‘izov yong‘inda bir odamni qutqarib qolgani uchun medal bilan taqdirlandi, deb xabar bergan Pushkino munitsipal tumani ma'muriyati rahbari o‘rinbosari Feliks Petrosyan.

Mukofotni topshirish bo‘yicha tantanali marosim Pushkino munitsipal tumani ma'muriyatida 19 fevral kuni bo‘lib o‘tdi. Qirg‘izov sog‘lig‘i holati tufayli o‘zi bu marosimda qatnasha olmadi. Medalni uning o‘rniga O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsuli, birinchi kotibi Tohir Oripov oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mukofot ayni damda O‘zbekistonda reabilitatsiyada bo‘lgan Nuriddin Qirg‘izovga yaqin vaqt ichida yetkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil 31 yanvar kuni Moskva viloyati Sofrino qishlog‘ida ro‘y bergan yong‘in paytida Samarqand viloyatidan bo‘lgan Nuriddin Qirg‘izov olov og‘ushida qolgan uyni ko‘rib, u yerdan keksa ayol – Rossiya fuqarosiga yordam berishga oshiqqan va o‘zi ham jarohatlangan.

Mavzuga oid
Top